O‘zbekiston | 10:54 / 02.11.2022
8389
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston gilamlarini asosan qirg‘izistonliklar sotib olyapti

O‘zbekiston 9 oyda qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSh dollariga kam. 

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 15,6 mln dollar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Ozarboyjon – 3,6 mln;
  • Afg‘oniston – 2,6 mln;
  • Rossiya – 2,5 mln;
  • Qozog‘iston – 1,1 mln;
  • Tojikiston – 401 ming AQSh dollari.

Mavzuga oid