Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: Rossiya armiyasi frontdagi hujumlarni uch baravarga oshirdi
Rossiya armiyasi frontning alohida uchastkalarida harbiy harakatlar intensivligini sezilarli darajada oshirgan. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy NATO va AQShning Yevropadagi birlashgan kuchlari komandiri, general Kristofer Kavoli bilan telefon muloqotida aytib o‘tgan.
«Frontdagi vaziyatni muhokama qildik. Vaziyat keskin, ammo nazorat ostida qolmoqda. Raqib frontning ayrim uchastkalarida harbiy harakatlar intensivligini uch baravarga oshirgan — kuniga 80 tagacha hujum bo‘lmoqda. Jangchilarimiz mardligi va mahorati tufayli biz mudofaani ushlab turibmiz», deya yozgan Zalujniy telegram-kanalida.
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 4 noyabr tongidagi hisobotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Baxmut, Avdeyevka va Novopavlovka yo‘nalishlarida faol hujum qilmoqda.
«O‘tgan kun davomida ukrain harbiylari rossiyaliklarning Donetsk oblastining Verxnekamenskoye, Spornoye, Marinka, Novomixaylovka, Vodyanoye va Pavlovka aholi yashash manzillari hududlaridagi hujumlarini qaytardi. Rossiya armiyasi tutashuv chizig‘i bo‘ylab Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda, aviarazvedka ishlari olib bormoqda, shuningdek infratuzilma obektlariga zarbalarni davom ettirmoqda», deyilgan hisobotda.
Ukraina tomoniga ko‘ra, rossiyalik harbiylar to‘rtta raketa zarbasi va 28 aviazarba yo‘llagan, shuningdek baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 45 dan ortiq snaryad uchirgan. Bu harakatlar oqibatida Zaporijjya, Dnepropetrovsk, Donetsk, Xerson va boshqa oblastlarda 30 dan ortiq aholi yashash manzillari jabrlangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025