Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Seul fojiasida politsiyani aybladi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol politsiyani Seul shahrida yuz bergan tiqilinchning oldini olmaganlikda aybladi.
Davlat rahbari 29 oktyabr kuni Seul shahrining Itevon tumanida Hellouinni nishonlash uchun to‘plangan odamlarning tiqilinchda nobud bo‘lganiga politsiya aybdor ekanini ta’kidladi.
«Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun kim javobgar? Politsiya. Menimcha, politsiya ko‘plab odamlar to‘planishi kutilayotganini bilmasligi aqlga sig‘maydi», dedi u.
Shuningdek, prezident huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlar to‘planayotganini «to‘rt soat davomida nega bexavotir tomosha qilgani» bilan qiziqdi. Uning ta’kidlashicha, politsiya 112 raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lmagan taqdirda ham chora ko‘rishi kerak edi.
Fojia 29 oktyabr kuni kechqurun Seulning Itevon tumanida, «Hamilton» mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘ldi. Hellouinni nishonlash maqsadida to‘plangan olomon tor xiyobonga yopirilishi oqibatida tiqilinch yuz berdi.
Fojiada 156 kishi, jumladan 97 nafar ayol halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025