Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida ikkita yangi buyurtma qo‘riqxona tashkil etiladi
“Samarqand viloyatida “Fozilmon” hamda “Cho‘nqaymish” davlat muhofaza etiladigan buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ekologiya qo‘mitasi, Kadastr agentligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligining;
tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 24 000 gektar bo‘lgan “Fozilmon” hamda Samarqand viloyati Nurobod tumanida 4 600 gektar bo‘lgan “Cho‘nqaymish” davlat buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Belgilanishicha:
a) buyurtma qo‘riqxonalar O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi;
b) davlat buyurtma qo‘riqxonalari faoliyati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq moliyalashtiriladi;
v) davlat buyurtma qo‘riqxonalari joriy xarajatlarini moliyalashtirish hamda budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlash O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tizimidagi yer maydonlari qisqartirilayotgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari tegishli mablag‘larini hamda shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan hamda belgilangan me’yorlarga asosan amalga oshiriladi.
g) davlat buyurtma qo‘riqxonalari hududidagi tabiiy majmualar va landshaftlar, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turlari muhofazaga olinadigan asosiy obektlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025