Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qahvani asosan Italiya va Braziliyadan sotib olyapti
O‘zbekistonga eng ko‘p qahva Italiyadan import qilinmoqda.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 340 tonna qahva import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qahva importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekistonga import qilingan qahvaning eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar orasida Italiya yetakchilik qilmoqda – 88,4 tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Braziliya – 50,4 tonna;
- Rossiya – 51,6 tonna;
- Germaniya – 29,6 tonna;
- Polsha – 29,1 tonna;
- Turkiya – 13,9 tonna.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025