Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy jamoasi Surovikinning xotini daromadlarini tekshiryapti
Navalniy jamoasining surishtiruvi Ukrainadagi Rossiya kuchlari guruhi qo‘mondonini Putin do‘stining Suriyada faoliyat yuritayotgan kompaniyasi bilan bog‘layapti.
Aleksey Navalniy jamoasi 10 noyabr, payshanba kuni «General Bo‘lish. Surovikin urushda qanday qilib pul topyapti» degan surishtiruvni chop etdi. Unda 8 oktyabr kuni Ukrainadagi rus qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni etib tayinlangan armiya generali Sergey Surovikin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyada faoliyat yuritayotgan «eng yaqin do‘sti» kompaniyasi bilan bog‘langan.
Nashrning ta’kidlashicha, Surovikinning rafiqasi bilan bog‘liq bo‘lgan Sverdlovsk viloyatidagi «Argus SFK» yog‘och sanoati korxonasi multimilliarder Gennadiy Timchenkoga aloqador Suriyadagi fosfat qazib oluvchi kompaniyadan pul olgan. Avvalroq Suriyadagi Rossiya qo‘shinlariga Sergey Surovikin qo‘mondonlik qilgan edi. Uning rafiqasi Anna va keyinchalik Sverdlovsk viloyati gubernatori bo‘lgan Rossiya transport vaziri o‘rinbosarining qizi Anastasiya Misharina 2000-yillarning o‘rtalarida birgalikda «Argus SFK» kompaniyasini tashkil qilishgan.
Navalniy jamoasining so‘zlariga ko‘ra, «Argus SFK» xo‘jayinlari o‘zgargan bo‘lsa-da, bugungi kunda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. U kamida 2018 yildan beri foyda keltirmagan. Ammo 2020-2021 yillarda Suriyada fosfat rudalarini qazib olishga ruxsat olgan Gennadiy Timchenkoning «Stroytransgaz» shu’ba korxonasi "STG Logistika"dan 104 million rubl kredit oldi. Navalniyning sheriklariga ko‘ra, bu kreditlar haligacha qaytarilmagan. Bundan tashqari, «Stroytransgaz» top-menejyerining rafiqasi Natalya Xryapova 2022 yilda "Argus"ga yana 25 million rubl kredit bergan.
Timchenko tuzilmalari 2017 yilning yozida Ash-Sharqiya va Xneyfis fosfat konlarida ishlab chiqarishni tiklashni boshladi. Navalniy jamoasining fikricha, Rossiya harbiylari konlarni IShID guruhi jangarilaridan tozalash va Suriyadan fosfatlarni xavfsiz olib chiqishda ishtirok etgan. Surishtiruvchilar fikricha, «Argus»ga ajratilgan kreditlar Suriyadagi Timchenko kompaniyalariga yordam bergani uchun Surovikinga «minnatdorchilik»ning yashirin shaklidir.
Mavzuga oid
23:02 / 12.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
09:12 / 17.02.2025
Yuliya Navalnaya eri nomidagi siyosiy mukofot haqida e’lon qildi
08:20 / 17.02.2025