Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Armiya generali Sergey Surovikin Jazoirda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. RF elchixonasi 9 may munosabati bilan e’lon qilgan suratlarda u ham aks etgan.
Rossiyaning Ukraina hududidagi Birlashgan qo‘shinlar guruhining sobiq qo‘mondoni, armiya generali Sergey Surovikin hozirda Jazoirda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda harbiy mavzularni yoritib boradigan Telegram kanallar xabar bermoqda.
Ular 9 may – G‘alaba kuni munosabati bilan Rossiyaning Jazoirdagi elchixonasi tomonidan e’lon qilingan suratlarga e’tibor qaratgan. Ushbu suratlarda Surovikin ham aks etgan.
Elchixona xabarida generalning ismi tilga olinmagan, biroq uning «rossiyalik harbiy mutaxassislar guruhi rahbari» sifatida lavozimi keltirilgan.
Surovikin 2023 yil yozda Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin ommaga ko‘rinish bermay qo‘ygan. OAVda general isyondan oldinroq xabardor bo‘lgani, shuningdek, uning hibsga olingani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.
Surovikin 2022 yil oktyabrdan 2023 yil yanvarga qadar Rossiyaning Ukrainada Birlashgan qo‘shinlar guruhini boshqargan. Xususan, uning rahbarligi ostida rossiyalik harbiylar Xersonni tashlab, Dneprning g‘arbiy qirg‘og‘iga chekingan.
2025 yil fevralda Rossiya Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Viktor Sobolev Surovikin Afrika davlatlarining birida «harbiy maslahatchi sifatida» ishlayotganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
11:30 / 16.04.2025
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:11 / 10.11.2023
Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi
22:13 / 15.09.2023