O‘zbekiston va YeXHT Orol qurish oqibatlarini yumshatish loyihasini amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov mamlakatga tashrif bilan kelgan AQSh (M.Karpenter), Buyuk Britaniya (N.Bush), Germaniya (G.Broytigam) va Fransiyaning (K.Fajyes) YeXHTdagi doimiy vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, tashkilot respublikadagi loyihaviy faoliyatini yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi. Tomonlar YeXHT institutlari bilan tashkilot faoliyati barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni jalb etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va Orol qurish oqibatlarini yumshatish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha YeXHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibi dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
13:00 / 20.06.2024