Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi lokomotividagi qon izlariga izoh berildi
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd qo‘ylar podasini urib yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdining lokomotivida qon izlari borligi va u nimanidir yoki kimnidir urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan transport prokuraturasi ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdi Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 3816-kilometri 3-piketida temiryo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.
Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Qashqadaryoda 4 yoshli bog‘cha bolasini bosib ketgan va u halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024