Fan-texnika | 17:46 / 17.11.2022
55448
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 15 barcha modellari USB-C ulagichiga ega bo‘ladi

Barcha iPhone 15 modellari USB-C ulagichiga ega bo‘ladi, ammo faqat flagmanlar ma’lumotlarni tezkor uzatadi.

Foto: AP

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo so‘zlariga ko‘ra, kelasi yilga mo‘ljallangan barcha to‘rtta iPhone 15 smartfonlarida Lightning o‘rniga USB-C ulagichi bo‘ladi.

Shu bilan birga, faqat iPhone 15 Pro va Pro Max ma’lumotlarni tezkor uzatish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi – ular USB 3.2 yoki hatto Thunderbolt 3 ga ega bo‘lishi mumkin. Qolgan ikkita arzon smartfon esa USB 2.0 standarti bilan cheklanadi va xuddi Lightning kabi tezlikni ta’minlaydi.

Aynan shu farqlar hozirgi Apple planshetlarida bor – yangi iPad nisbatan sekinroq USB 2.0 ga ega, uning ma’lumotlarni uzatish tezligi 480 Mbit/s gacha cheklangan. Taqqoslash uchun, USB 3.2 tezligi 20 Gb/s gacha, Thunderbolt 3 esa 40 Gb/s gacha tezlikka ega.

Ehtimol, bunday farqlar flagman smartfonlarning yana bir yangi afzalligi bo‘lib, xaridorlarni qimmatroq modellarni tanlashga undashi kerak. Mish-mishlarga ko‘ra, 2023 yildagi barcha to‘rtta iPhone 15 Dynamic Island «orolchasi» bilan ta’minlanadi, shuning uchun ularning tashqi ko‘rinishi yanada o‘xshash bo‘ladi.

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid