Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishi mumkin
Yevroparlament Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olishi haqidagi rezolyutsiyani kelishib oldi.
Foto: Alexander Ermochenko/Reuters
Hujjat bo‘yicha ovoz berish 23 noyabr kuni Strasburgdagi yalpi majlisda rejalashtirilgan. Bu haqda Yevroparlament saytida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bu qaror Ukrainadagi jangovar harakatlar jarayonida ommaviy hujumlar kuchayishi fonida qabul qilingan. Yevropa parlamenti bu harakatlarni xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholaydi.
Rossiyaning terrorizm homiysi sifatida tan olinishi Rossiya tomonini javobgarlikka tortish uchun «zamin tayyorlaydi», deyiladi hisobotda.
Yevroparlament qarorlari majburiy emas, ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun tavsiya hisoblanadi.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin bir qator davlatlar Rossiyani «terrorchi davlat» deb tan oldi. Estoniya va Latviya Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qildi. Litva va Polsha Rossiyani «terrorchi rejim» deb tan oldi. 13 oktyabr kuni Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PASe) Rossiya siyosiy rejimini «terrorchi» deb tan olgan rezolyutsiyani qabul qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025