Avtomobillarni tasarruf etish huquqini beruvchi «bosh ishonchnoma» arzonlaydi
Avtotransport vositalarini boshqarishga nisbatan ishonchnomalar uchun boj kamaytirilmoqda. Avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazganlik uchun shartnomalar boji birxillashtirilmoqda. Pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda davlat boji bekor bo‘lmoqda. Kun.uz ayrim bojlar kamaytirilishiga oid Adliya va Moliya vazirliklarining tushuntirishlarini keltiradi.
Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun ko‘rib chiqildi.
Nimalar o‘zgarmoqda?
Qonun bilan vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov bu yo‘nalishda davlat boji kamaytirilishi budjetga tushumlarini kamaytirmaydimi degan savolga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, ayrim davlat bojlarini kamaytirish, bekor qilish yoki optimallashtirish ma’murchilikni yengillashtiradi.
“Chunki bitta operatsiya uchun bitta boj belgilangan bo‘ladi. Bojlar kamaytirilgandan keyin operatsiyalar oshadi, hisob-kitob qildik. Oldin ishonchnoma bilan rasmiylashtirib yurgan bo‘lsa, endi oldi-sotdiga o‘tadi va hokazo shu orqali yo‘qotishlarni qoplaymiz deb o‘yladik. Lekin dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha qariyb 100 mlrd mablag‘ aholining yonida qoladi”, – dedi Sultonov.
Bundan tashqari, garov, ipoteka va lizing shartnomalarini, qarz shartnomalarini hamda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji stavkalari birxillashtirilib, yagona stavka miqdorida belgilangan;
Adliya vaziri Akbar Toshqulov avtotransport vositalarini rasmiylashtirishda 12 xil toifaga bo‘lib dvigatelining kuchi va ishlab chiqarish vaqtiga qarab davlat bojlari 3 mln so‘mgacha bo‘lganini aytdi.
“Natijada fuqarolarimiz buni aylanib o‘tish yo‘li sifatida ishonchnomalar rasmiylashtirishga o‘tishgan. Oxirgi yillarda bu ishonchnomalar soni ko‘payib ketdi. Birinchi navbatda yo‘l jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘ni kamaytirganimizdan keyin ishonchnomalar kamaydi. Noqulayligi ertaga mulk huquqi ishonchnoma beruvchida saqlanib qoladi. Har xil holat bo‘ldi, fuqarolar qiyinchilikka duch kelardi. Unifikatsiya qilishimiz natijasida bir xil summa undiriladi. Buning natijasida 68 mlrd so‘m mablag‘ fuqarolarning yonida qoladigan bo‘ldi”, — dedi vazir.
Boshqa o‘zgarishlar:
– Qonun bilan avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalar, shuningdek, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qarindoshligi bo‘lmagan boshqa shaxslardan undiriladigan davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobaridan 2 barobariga kamaytirilgan;
- Qonun bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori fuqarolar uchun tushunarli tarzda bayon etilishi hamda shaffofligini ta’minlash maqsadida davlat boji stavkalari optimallashtirilgan;
– Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ikki barobarga kamaytirilgan;
– Fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasini tuzishda va ijro etishda ehtimoliy nizolarning oldini olish, sudlardagi ish yuklamasini kamaytirish maqsadida, Qonun bilan chyet el valutasida ushbu turdagi shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirishda davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytirish nazarda tutilgan;
Mazkur Qonun qabul qilinishi davlat bojini hisoblashdagi va undirishdagi ayrim tushunmovchiliklarning oldi olinishini, notariuslar tomonidan davlat boji bo‘yicha imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanishni hamda fuqarolar uchun davlat boji to‘lovlari yuzasidan yengillikni ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’yektlari va aholining 290 mlrdga yaqin mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilishi mumkin.
Ta’kidlanganidek, qonun notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish, davlat bojidan ozod qilish, davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlariga aniqlik kiritish orqali insonlarga yengillik yaratishga qaratilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024