Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev To‘qayevni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi
21 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga qo‘ng‘iroq qilib, Qozog‘iston prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va undagi ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi.
So‘zlashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
«Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
17:19 / 11.04.2025