O‘zbekiston | 12:28 / 24.11.2022
21201
1 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyaga 15 ta yangi modda kiritilishi kutilmoqda

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

«Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

«Milliy tiklanish» va O‘zLiDeP partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar», – deb yozdi deputat o‘z Telegram-kanalida.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, Konstitutsiya loyihasi muhokama qilinadigan yalpi majlis bugun o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid