Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya parlamenti Rossiyani terrorizm homiysi deb atadi
Niderlandiya parlamenti quyi palatasidagi aksariyat partiyalar Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan oldi va Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Niderlandiya parlamentining Vakillar palatasi Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan oldi. Bu haqda 24 noyabr, payshanba kuni Gollandiyaning ANO axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilganidek, bu qarorni partiyalarning mutlaq ko‘pchiligi, jumladan, Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, Mehnat partiyasi, Xristian-demokratik partiya va boshqalar qo‘llab-quvvatladi. Hujjatda aytilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainadagi tinch aholi nishonlariga «tarkibiy va qasddan» zarba bermoqda.
Parlament kuchlarining aksariyati, shuningdek, Ukrainani gumanitar, diplomatik va harbiy sohalarda maksimal darajada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Kuni kecha Yevroparlament Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstraning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining terrorizmning homiysi sifatida tan olinishi, masalan, AQShdan farqli o‘laroq, Niderlandiya uchun alohida oqibatlarga olib kelmaydi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaga bu maqom birgalikda berilishi uchun u boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yoki NATOda bunday tashabbus qo‘llab-quvvatlanadimi yoki yo‘qmi, shuni ko‘rmoqchi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025