Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada elektr ta’minoti barqarorlashyapti
Ukrainaning aksariyat hududlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun barqarorlashtirish jadvallari mavjud va vaziyat ixtisoslashtirilgan xizmatlar nazoratida. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki murojaatida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi energetika infratuzilmasi obektlariga yangi keng ko‘lamli hujumlarni tayyorlayotgani sababli, kelayotgan hafta «avvalgi hafta kabi qiyin bo‘lishi mumkin».
«Biz buni aniq bilamiz. Ularda hali raketalar bor ekan, afsuski, tinchlanishmaydi», deb ma’lum qildi Zelenskiy.
Bundan oldin ozod qilingan Xersonda elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklangandi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma’lum qildi.
«Va’da berganimizdek - biz buni bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida amalga oshirdik. Birinchi navbatda shaharning muhim infratuzilmasini, so‘ngra darhol maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaymiz», - deb yozadi u Telegram-kanalida.
Timoshenko Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati («GSChS»), politsiya, elektrchilar va mahalliy hokimiyat xodimlariga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025