O‘zbekiston | 13:42 / 02.12.2022
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Jordan Aviation O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti

Iordaniya Qirolligining Jordan Aviation aviakompaniyasi Ammon va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.

Foto: Jordan Aviation

Birinchi yo‘lovchi charter reysi 2022 yil 13 dekabr kuniga belgilangan. Reyslar haftasiga bir marta Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jordan Aviation — shtab-kvartirasi Ammonda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari, BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportida yuklarni yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Aviakompaniya 1998 yilda kompaniya sifatida tashkil etilgan va 2000 yilda ekspluatatsiya sertifikatiga ega bo‘lib, o‘sha yil oktabr oyida ish boshlagan. U Iordaniyadagi birinchi xususiy charter aviakompaniyasi sifatida Ammondan parvozlarni boshlagan. 

Iordaniya aviatsiyasi kompaniyasi Muhammad Al Hashman (prezident va bosh direktor) va Hazem Alrasega tegishli. Kompaniya 900 dan ortiq xodimga ega.

Mavzuga oid