Isroil O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirishda ishtirok etishni boshlaydi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Isroil Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi (MAShAV) bilan anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
MAShAV Isroil taraqqiyot va gumanitar yordam sohasidagi hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi.
Hujjat tajriba va bilim almashish hamda Isroil moliyaviy yordami bilan O‘zbekiston kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida qishloq va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarda ikki tomonlama hamkorlik mexanizmini yaratishni nazarda tutadi.
Tadbir davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va Isroil ishbilarmon doiralari hamkorlikdagi yangi yo‘nalishlarni belgilashi maqsadida ular O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish, O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirishda Isroil kompaniyalari faol ishtirokini aniqlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
21:53
Livan janubiga bosqin: Isroil harbiylari quruqlikdagi janglarni boshladi, ilk qurbonlar bor
20:53
«Eron katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun to‘lov qiladi». Isroil javob qaytarish bilan tahdid qilmoqda
18:22
BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi
12:53