Jahon | 16:53 / 03.12.2022
24955
5 daqiqa o‘qiladi
Qamalda qolgan Baxmut, frontga borgan Sobyanin. Urush suratlari
Ukrainada urushning 282-kunidan asosiy ma’lumotlar
- Germaniya Ukrainaga yana 7 ta «Gepard» zenit qurilmalarini yuboradi va ular uchun snaryadlar ham topishga harakat qiladi.
- Ukraina xavfsizlik xizmati Moskva patriarxiyasining Ukraina provaslav cherkoviga qarashli bo‘lgan mamlakatning uchta oblastida joylashgan monastir va ibodatxonalarida «kontrrazvedka tekshiruvlari» o‘tkazilishini e’lon qildi.
- Putin va Shols telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi. Shols rossiyaliklarning fuqarolik infratuzilmalariga aviazarbalarini qoralagan hamda Germaniya Ukrainaning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun yordam ko‘rsatishda davom etishini bildirgan. Putin Vashington Ukraina hududlari annexiasini tan olgan taqdirda muzokaralar stoliga o‘tirishini aytgan.
- «Dojd» telekanali teleboshlovchi Aleksey Korostelevni ishdan bo‘shatdi. Jurnalist jonli efir vaqtida tomoshabinlarni safarbarlik vaqtidagi qonunbuzilishlari haqida yozishga chaqirgan va telekanal frontdagi rossiyalik harbiylarga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Keyinroq u efir vaqti yanglishib ketganini ma’lum qildi.
- Primore o‘lkasidagi o‘quv parvozi vaqtida rossiyaliklarning MiG-31 qiruvchisi quladi, ekipaj katapulta bo‘lishga ulgurgan, bu hodisa quruqlikda vayrongarchiliklarga olib kelmagan. Rossiya mudofaa vazirligi avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytdi. Bu urush boshidan buyon texnik nosozlik tufayli qulagan to‘qqizinchi qiruvchi samolyotdir.
- Rossiyalik gubernatorlar yangi yil korporativlaridan voz kechishmoqda, ular buning uchun mo‘ljallangan mablag‘larni safarbar qilingan askarlar uchun o‘tkazib berishni istashmoqda.
Quyida 2 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Chuguyiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
Baxmutdagi ukrainalik qutqaruvchilar
Donbassdagi harbiy shifokorlar
Garajda yashashga majbur bo‘layotgan irpinlik
Donetsk bo‘ylab zarba berilishi
Moskva meri «mudofaa chizig‘i»da
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024