Yaponiya Andijonda uchta loyihani amalga oshirishni rejalashtiryapti
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati viloyat delegatsiyasi tarkibida xizmat safari bilan Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘ldi.

Foto: Dunyo
Safar davomida Yaponiyaning Mitsubishi, Dell kabi 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida «Andijon viloyati biznes salohiyati» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati sarmoyaviy imkoniyatlari, resurs bazasi taqdim etilib, yapon ishbilarmon doiralari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.Safar doirasida vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari hamda Yaponiya yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
«Simidzu Korporeyshn» bilan «Yangi Andijon»da qurilish loyihalarini, Ripro korporatsiyasi bilan sun’iy tola ishlab chiqarish bo‘yicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini, Kaori International Japan Co., LTD. kompaniyasi rahbariyati bilan plastikdan elektr izolyatsiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 5 million dollarlik sarmoyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj

11:02 / 29.04.2025