O‘zbekiston | 20:04 / 05.12.2022
28167
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasini ID-kartani ko‘rsatish orqali kesib o‘tishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlat chegarasini faqat ID-kartani ko‘rsatgan holda kesib o‘tadigan tartib joriy etilishi mumkin. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining aytishicha, bu boradagi kelishuv Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi paytida imzolanishi reja qilingan.

“Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti / Foto: Kun.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani kesib o‘tishda pasport nazoratini soddalashtirishga kelishib oldi.

Bu haqda Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi yig‘ilishida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oybek Ortiqboyev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi ikki davlat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

«16 yoshga to‘lmagan fuqarolar chegarani kesib o‘tishda xorijga chiqish pasportini ko‘rsatadi. 16 yoshga to‘lgan va undan kattalar ID-kartani ko‘rsatsa ham bo‘ladi. Tegishli bayonnoma O‘zbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi», — dedi vazir o‘rinbosari.

Qirg‘iz parlamenti qo‘mitasi O‘zbekiston bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga oid