Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Portu shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdagi majlisida ishtiroki davomida Portugaliya tashqi ishlar vaziri Joao Gomes Kravino bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Portugaliya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston Portugaliyani katta iqtisodiy, texnologik, madaniy, intellektual salohiyatga va boy tarixga ega Yevropa Ittifoqidagi istiqbolli hamkor sifatida bilishi alohida ta’kidlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati hamda Portugaliya assambleyasi o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, o‘zaro tashriflar amalga oshirish, parlamentlararo do‘stlik guruhlarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi. Ikki mamlakat ilmiy markazlari va yetakchi universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali madaniy-gumanitar hamkorlikni, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Portugaliya hududlari - Buxoro va Portu shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025