O‘zbekistonda 5 mingta sanoat korxonasi faoliyatida muammolar aniqlandi
O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov boshchiligida tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Yig‘ilishda tijorat banklari va viloyatlar mas’ul rahbarlari, mamlakat hududlaridagi sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika ishchi guruhlari rahbarlari hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi.
Ishchi guruhlar tomonidan 45 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyati o‘rganilib, ular 5 mingtasida turli muammolar aniqlandi hamda ularni tezkor hal etish bo‘yicha manzilli «Yo‘l xaritalari» ishlab chiqildi. 1700 ta korxona kredit mablag‘larini olishda, 1300 ta korxona tegishli infratuzilmaviy kommunikatsiyalariga ulanishda muammolarga duch kelgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli rahbarlarga «Yo‘l xaritalari»ni o‘z vaqtida amalga oshirish va har bir hudud salohiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
13:26 / 12.09.2024
Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi
21:14 / 28.08.2024
Prezident har bir viloyatning sanoatga ixtisoslashgan tumanlari bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini berdi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
19:28 / 31.05.2024