Samarqandda aka va uka o‘rtasidagi janjal qotillik bilan yakun topdi
Aka mast holda oilaviy mojarolar sabab ukasini pichoqlagan.
Samarqand tumanida aka o‘z ukasining qotiliga aylangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 1 dekabr kuni Samarqand tumani Qaynama mahallasidagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida aka va uka o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan.
Janjal davomida aka ukasiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta zarba bergan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan uka vafot etgan.
Dastlabki surishtiruv natijasida qotillik oilaviy mojarolar va mast qiluvchi ichimlik ta’siri ostida sodir etilgani aniqlangan.
Hodisa yuzasidan qotillik sodir bo‘lgan mahallada viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda mahalla mutasaddilari hamda uchastka profilaktika inspektorining faoliyati keskin tanqid ostiga olingan.
Avvalroq, 2022 yil 29 noyabr kuni Nurobod tumanida ikki mastning o‘zaro janjali o‘lim bilan yakun topgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
09:28 / 08.11.2024