Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikki mahkum o‘rtasidagi janjal ulardan birining o‘limi bilan tugadi
Manzil-koloniyaga tegishli yerda bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan ikki mahbus o‘zaro janjallashib qolgan va biri ikkinchisiga jarohat yetkazgan.
Bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan ikki mahbusning janjali ulardan birining o‘limi bilan tugagan. Bu haqda IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 6 dekabr kuni soat 18:20 larda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslar mazkur muassasaga qarashli yerga bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan.
Shu yerda dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yerda ishlayotgan mahkum B.Q. mahkum U.E. bilan o‘zaro janjallashib, unga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda, mahkum U.E. voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025