Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Jyenevadagi bo‘linmasi bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Vladimir Norov O‘zbekiston BMT va uning institutlari bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Mamlakat bugungi kunda BMT faoliyatida ishtirok etayotgani, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal etish bo‘yicha muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surayotgani ta’kidlandi.
BMT bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekiston xalqaro maydonda, BMT doirasidagi faolligi ortib borayotgani, mamlakat rahbariyati global va mintaqaviy tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibi dolzarb jihatlari, inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida Orol dengizi ekologik inqirozi oqibatlarini yumshatish sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025