Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga Fransiyadan 100 ta generator yetib keldi
Ukrainaga Fransiyadan yuk yetkazildi - yuzta o‘rta quvvatli generatorlar Rossiya tomonidan Ukrainaning muhim infratuzilmasi o‘qqa tutilayotgan bir paytda mamlakat aholisiga qishdan omon qolishga yordam beradi.
Yukni Ukraina energetika vaziri o‘rinbosari Farid Safarov qabul qildi. Generatorlar Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi (UCPM) loyihasi doirasida sotib olingan, deya xabar beradi Ukraina Energetika vazirligi.
Germaniya energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun Ukrainaga 56 million yevroga yaqin mablag‘ ajratdi va 350 dan ortiq generator beradi.
Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng Germaniya hukumati matbuot xizmati ma’lum qilgandi.
Kansler Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarshi davom etayotgan zarbalarni qoraladi va Zelenskiyni Germaniya, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishda va mamlakatni urushdan keyin rekonstruksiya qilishda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025