Jahon | 19:49 / 10.12.2022
12211
1 daqiqa o‘qiladi

Drezdenda odamlarni garovga olgan jinoyatchi ushlandi 

Germaniyaning Drezden shahri politsiyasi savdo markazida odamlarni garovga olgan erkakni avvaliga yarador qilib, keyin hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Foto: DPA

Avvalroq, gumonlanuvchi to‘pponcha bilan qurollanib, keksa ayolni otib o‘ldirgan, so‘ng mahalliy radiostansiya binosiga qarata o‘t ochgan, shundan so‘ng savdo markaziga kirib, dorixonalardan birida yosh bolali ayolni garovga olgani haqida xabar berilgan edi. 

Politsiya tomonidan uyushtirilgan shturmdan so‘ng, gumonlanuvchi yaralangan va hibsga olingan. Ona va bola esa ozod qilingan, hozir ularning hayoti xavf ostida emas. 

Politsiya hibsga olingan shaxs haqida ham, uning harakatlari sabablari haqida ham ma’lumot bermayapti. Faqat marhum ayol uning onasi ekanligi ma’lum. U o‘z kvartirasida otib o‘ldirilgan. 

Hozircha, savdo markazi va uning yonidagi bozor, shuningdek, do‘konlar yopib qo‘yilgan. Politsiya tergov harakatlarini olib bormoqda. 

Mavzuga oid