O‘zbekiston | 13:24 / 10.12.2022
4587
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Isroildan avokado importi hajmini oshirdi

Avokado importi 93,3 ming tonnaga oshgan.

Foto: AP

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 184,3 ming tonna avokado import qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avokado importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 93,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p avokado import qilgan davlatlar orasida Isroil birinchi o‘rinni egalladi – 59 tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Turkiya – 37,3 tonna;
  • Qozog‘iston – 34,6 tonna;
  • Xitoy – 27,7 tonna;
  • Rossiya – 13,6 tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid