O‘zbekiston | 18:02 / 13.12.2022
13443
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident aholining issiqlik ta’minoti holatini ko‘rdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrif doirasida «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua 1969 yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi. 

So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor.

Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini ta’kidladi.

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.

Mavzuga oid