Nosozlik sabab “Pushkin” metro bekatiga kirib kelgan poyezd to‘xtab qolgan
14 dekabr kuni soat 8:00 atrofida “Chilonzor” liniyasining “Pushkin” bekatiga kirib kelgan metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qolgan. “Toshkent metropoliteni” DUKning xabar berishicha, bu holat harakat tarkibining ayrim yoritish moslamalari qisman ishlamagani tufayli yuzaga kelgan.
Rasmiy izohga ko‘ra, nosozlik kuzatilgach, mashinist belgilangan yo‘riqnomaga asosan fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilarni bekatga tushirib, soat 08:05 da ushbu poyezd tekshiruv punkti tomon harakatlangan.
“Hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Toshkent metrosida bir qancha nosozliklar kuzatilgan edi. Xususan, shu yili 4 iyunda “Olmazor”, 22 avgust kuni “Xalqlar do‘stligi”, 26 sentabrda “Buyuk Ipak yo‘li”, 7 noyabr kuni esa Sergeli yo‘lining 5-bekatida nosozlik yuzaga kelgandi.
Shuningdek, 17 iyunda Sergeli yerusti yo‘nalishida harakatlangan poyezdda ketma-ket elektr tutashuvlari sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:09 / 07.01.2024
Toshkentda metro poyezdi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi
19:24 / 05.01.2024
Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi
10:47 / 02.01.2024
Megatirbandlik, mingta avtobus va qulab tushgan yo‘l o‘tkazgich – 2023 yilda transport sohasida nimalar yuz berdi?
14:30 / 28.12.2023