O‘zbekiston | 10:49 / 17.12.2022
8581
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda egizak chaqaloqlar tug‘ilishi soni ko‘paydi

O‘zbekistonda 10 oyda 18 230 nafar egizaklar tug‘ilgan. 

Foto: Thinkstock

2022 yil yanvar-noyabr oylarida respublikada 18 230 nafar egizak tug‘ilishi holati qayd etilgan. 
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1 408 taga ko‘p.  

10 oyda hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etildi – 2122 nafar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1888 nafar hamda 1717 nafar egizaklar dunyoga kelgan Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Andijon viloyati – 1676 nafar; 
  • Namangan viloyati – 1648 nafar; 
  • Toshkent shahri – 1616 nafar; 
  • Surxondaryo viloyati – 1546 nafar; 
  • Toshkent viloyati – 1431 nafar; 
  • Buxoro viloyati – 954 nafar; 
  • Xorazm viloyati – 899 nafar; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 888 nafar; 
  • Jizzax viloyati – 777 nafar; 
  • Navoiy viloyati – 579 nafar; 
  • Sirdaryo viloyati – 489 nafar.

Mavzuga oid