O‘zbekiston | 00:04 / 17.12.2022
10153
2 daqiqa o‘qiladi

Parlamentda 2023 yilgi davlat budjeti muhokamasi boshlandi

Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi hamda Budjetnoma ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.

Davlat budjetining muhokamasi qonunda belgilangan muddatdan kechikib boshlandi. 

Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritilishi belgilangan edi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar ko‘rib chiqilishi kerak edi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun Senatga ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuborilishi, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim edi.

Davlat budjetining muhokamasi nega kechikib boshlanganiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi izoh bermadi.

Mavzuga oid