Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Qora dengiz tubi orqali Ukrainaga energiya yetkazilishini qo‘llab-quvvatladi
Dengiz tubiga yotqizilgan elektr energiyasi kabeli mintaqaning energetika ehtiyojini ta’minlashi kutilmoqda.
Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga raketa zarbalari fonida Yevropa Ittifoqi Qora dengiz tubiga energiya kabelini yotqizish loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen bu haqda Buxarestda loyiha bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash chog‘ida aytdi.
Loyihada Ruminiya, Gruziya, Ozarboyjon va Vengriya ishtirok etmoqda. Loyiha butun mintaqa, jumladan, Ukraina xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, Ukrainaning Rossiya tajovuzi paytida vayron bo‘lgan energetika infratuzilmasini tiklashni jadallashtirish imkonini beradi, deb ishonadi YeI.
«Ushbu kelishuv Yevropa Ittifoqini Janubiy Kavkaz mintaqasidagi hamkorlarimiz bilan yanada yaqinlashtiradi. Qora dengiz elektr kabeli Moldova, G‘arbiy Bolqon mamlakatlari va albatta, Ukrainaga energiya yetkazish imkonini beradi. Shuningdek, Ukraina energetika tizimini tiklash va butun mamlakatni rekonstruksiya qilishni boshlashni ta’minlaydi», deb ta’kidladi Ursula fon der Lyayyen.
Yevropa Komissiyasi ushbu loyihani baholashni boshlagan tadqiqotlar yakunlanishini kutmoqda va loyihani moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor, chunki u Yevropa Ittifoqi, ishtirokchi davlatlar va butun mintaqaning umumiy manfaatlariga javob beradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025