Jahon | 16:19 / 20.12.2022
9289
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV «Birinchi kanal» sobiq rahbarlaridan birini qidiruvga berdi

Rossiya rasmiylari tomonidan «xorijiy agent» deb topilgan galerist Marat Gelman jinoiy ish bo‘yicha federal qidiruvga berilgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Ichki ishlar vazirligi galerist Marat Gelmanni jinoiy ish bo‘yicha federal qidiruvga berdi. Uning ismi 20 dekabr, seshanba kuni «Rozysk» ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

2021 yil 30 dekabrdan boshlab galerist «xorijiy agent» funksiyasini bajaruvchi xorijiy ommaviy axborot vositalari reyestriga kiritilgan. 

«Vatan ham yangi yil bilan, ham yubiley bilan tabrikladi, men endi «xorijiy agentman», - deya izoh bergandi o‘shanda art-menejyer qarorga. 

Marat Gelman 2002 yildan 2004 yilgacha «Birinchi kanal» bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2009 yilda u 2013 yilgacha boshqargan PERMM muzeyiga asos solgan. 2013 yil iyun oyida mahalliy hokimiyat bilan mojaro fonida u direktor lavozimidan bo‘shatildi va Permdan ko‘chib ketdi. 2014 yildan beri Chernogoriyada yashaydi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining kartochkasida ko‘rsatilishicha, u Isroil fuqaroligiga ega. 

2020 yil avgust oyida Gelmanning Moskvadagi kvartirasi tintuv qilindi. 2022 yil yanvar oyida noma’lum shaxslar ushbu xonadon eshigiga qizil bo‘yoq bilan «xorijiy agent» degan yozuvni chaplab ketishgan. 2022 yil fevral oyida advokat Pavel Chikovning so‘zlariga ko‘ra, galeristga nisbatan uning maqomi e’lon qilinganda «eslatmaning yo‘qligi sababli» ma’muriy modda bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. 

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, galerist rossiyalik kolleksioner va xayriyachi Igor Tsukanov bilan birgalikda Londonning Saatchi galereyasida «The Ukrainian Way» ko‘rgazmasini o‘tkazmoqchi edi. Tadbir Ukraina madaniy hamjamiyatining tanqidiga javoban bekor qilindi. 

Mavzuga oid