O‘zbekiston | 19:22 / 21.12.2022
36272
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Abituriyentlar qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023/24-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan fanlar majmuasini tasdiqlash vakolati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazilgan. Avvallari bu vakolat Davlat qabul komissiyasida bo‘lgani uchun jarayon ancha uzoqqa cho‘zilib ketardi.

Mavzuga oid