Jahon | 10:32 / 22.12.2022
5044
2 daqiqa o‘qiladi

«Navalniy» filmi «Oskar» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirdi

«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida bosh sovrin uchun 15 ta film kurash olib bormoqda.

Foto: awardswatch

«Navalniy» hujjatli filmi «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida «Oskar» kinomukofotiga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda 21 dekabr, chorshanba kuni The Hollywood reporter xabar bermoqda. Ayni paytda bosh sovringa da’vogarlar ro‘yxatida 15 ta hujjatli film bor. «Oskar» mukofotini topshirish 2023 yil 12 martga belgilangan.

Kanadalik rejissyor Deniel Roer film ustida Navalniy Berlindagi "Sharite" klinikasida davolanayotganda va 2021 yil yanvarida muxolifat yetakchisi Rossiyaga qaytib ketganida ishlagan.

Film premerasi 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Filmda 2020 yil avgust oyida rossiyalik muxolifat yetakchisining zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar, jumladan Navalniyning Germaniyada davolanishi va reabilitatsiyasi, uning nima bo‘lganini tekshirishga urinishi va Moskvaga qaytishga qaror qilgan siyosatchining hibsga olinishi haqida hikoya qilinadi. 

Lenta allaqachon «Hujjatli film» nominatsiyasida «Tomoshabinlar mukofoti»ni, shuningdek, AQShning Sundance mustaqil kinofestivalida tomoshabinlar fikriga ko‘ra festivalning eng yaxshi filmi (Festival Favorite Award) mukofotini qo‘lga kiritgan. «Navalniy» filmi Amerikaning CNN telekanali, Britaniyaning BBC Two telekanali va HBO Max striming xizmatida namoyish etildi.

Nomzodlar ro‘yxatida «Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi» va «Jyeyn harakati» siyosiy harakati faollari – ayollar haqidagi filmlar, musiqachi Leonard Koen haqidagi «Alliluyya: Leonard Koen, sayohat, qo‘shiq», Vetnam haqidagi «Tuman farzandlari» filmlari ham bor.

Mavzuga oid