Xersonda rossiyaliklar talab ketgan muzeylar, inglizcha o‘rganayotgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 302-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Donetskdagi restoran o‘qqa tutilishi oqibatida yaralandi. Baza ma’lumotiga ko‘ra, bu sobiq mulozim o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan «Shish-Besh» restoranida ro‘y bergan;
- Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya armiyasining urush boshidan buyon bergan yo‘qotishlari (halok bo‘lganlar) taxminiy soni 100 ming kishiga yetganini ma’lum qildi;
- Associated Press jurnalistlari istilo ostidagi Mariupolda mart oyidan buyon 10 mingdan ortiq yangi qabrlar paydo bo‘lganini aniqladi. Jurnalistlar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va videomateriallarni tadqiq qilgan holda shunday xulosaga kelishgan, ularning hisob-kitoblari arxeolog-kriminalistlar tomonidan ham tasdiqlangan;
- Amerika hukumati «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi KXDRdan qurollar partiyasini qabul qilib olganini xabar qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Donetskdagi mehmonxonaga zarba, uning natijasida Dmitriy Rogozin jarohat olgan
21 dekabr kuni «Roskosmos» davlat korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Donetskdagi mehmonxona o‘qqa tutilishi oqibatida yaralandi. Sobiq amaldorning o‘zi «oskolka umurtqa pog‘onasidan bir santimetr naridan o‘tgani» haqida aytdi. Ammo Baza u boshining yumshoq to‘qimalari, dumba qismi va chap son qismidan jarohat olgani haqida yozdi. Keyinroq shifokorlar uning tanasidan oskolka parchalarini olib tashlashni uddalay olishmayotgani haqida xabarlar chiqdi. Rogozinning o‘zi mehmonxona o‘qqa tutilishini tasodif deb hisoblamasligi va kimdir uning qayerda ekani haqidagi ma’lumotni ukrainlarga jo‘natgani haqida gapirdi. U tug‘ilgan kuniga «DXR» «bosh vaziri» Vitaliy Xotsenkoni chaqirgan, uning tashrifidan 10 daqiqa o‘tib snaryadlar uchib kelgan. Rogozin «DXR» hududida «Shoh bo‘rilari» («Tsarskiye volki») harbiy maslahatchilari guruhini boshqaradi, bu guruh ushbu hududdagi harbiy bo‘linmalarga harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Xersonda okkupatsiya chog‘ida talangan muzey
Donbassdagi ukrain askarlari pozitsiyasi
Ukrain askarlari uchun ingliz tili darsi
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024
563 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi
09:08 / 09.11.2024