Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan avtobuslar olib kelish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan xonim bilan uchrashdi.
XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda O‘zbekistonning XXRdagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarining dolzarb masalalarini muhokama etdi.
Xususan, XXRning yirik zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar uchrashuvda avtobuslar sotib olishni moliyalashtirish, yetkazib berish muddatlari va Xitoydan O‘zbekistonga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish bo‘yicha ishlarni tashkil etish masalalarini muhokama etdi.
O‘z navbatida, Tszyan Yan xonim mamlakatimizda jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning muhimligini ta’kidlagan holda uchrashuvda muhokama etilgan masalalar yuzasidan har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlamentga murojaatnomasida Navro‘z bayramigacha respublikaga 2000 ta avtobus olib kelinishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025