Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:11 / 26.12.2022
2514
2 daqiqa o‘qiladi
Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi
2023 yil 1 yanvardan faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi.
Foto: Andrey Lyubimov
“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi.
Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
- ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
- shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
- davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;
- doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o‘rtog‘ining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
- donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 so‘m) miqdorida belgilanadi;
- immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;
- shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi
13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi
10:11 / 24.02.2025