Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarni turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi.
So‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.
Hozirda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqda.
Noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashishning oqibatlari:
- 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi;
- og‘ir jarimalar va deportatsiya;
- Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum bo‘lish;
- Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlari.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolardan turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025