Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish 2023 yil fevralida boshlanadi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchi ijrochi direktori Makoto Uchida, Kyuden International kompaniyasi prezidenti Ryotaro Yusu va Sojitz Corporation kompaniyasi bosh operatsiyalar direktori Takefumi Nishikavadan iborat Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida «Sirdaryo viloyatida EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar), Sojitz Corporation va Kyuden International (Yaponiya) konsorsiumi tomonidan quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish» loyihasini amalga oshirishni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya kompaniyalari vakillari loyihani ilgari surishda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, 2023 yil fevralidan qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalarini ma’lum qilishdi.
JBIC rahbariyati moliyalashtirish uchun bank tayyor ekanligini bildirib, ushbu loyiha O‘zbekistonda birinchi bo‘lib suveren kafolatsiz amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda Sojitz Corporation va Kyuden International kompaniyalari bilan qayta tiklanadigan energiya, vodorod energetikasi, kimyo va sog‘liqni saqlash sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025