Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada 17 yilga qamalgan sobiq prezident afv etildi
Janubiy Koreya hukumati sobiq prezident Li Myon Bakni afv etishga qaror qildi. U korrupsiyada ayblanib, 17 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi.
Hukumat 1300 dan ortiq odamni, jumladan, 2008-2013 yillarda konservativ hukumatni boshqargan Lini ham afv etdi.
Janubiy Koreyaning amaldagi prezidenti Yun Sok Yol Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida mahbuslarning afv etilishi mamlakatni birlashtirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Hukmron partiya deputatlari prezident qarori va milliy birdamlik g‘oyasini olqishlagan bo‘lsa, muxolifatdagilar bu harakat korrupsion kuchlarni jonlantirishini aytib, tanqid qildi.
Li 2018 yilda Janubiy Koreyaning eng yirik konglomerati Samsung Electronics kompaniyasidan pora olganlikda aybdor deb topildi. 2022 yil iyun oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli qamoqdan vaqtincha ozod qilindi. Hozir u 81 yoshda.
Li Janubiy Koreyaning afv etilgan to‘rtinchi sobiq prezidentidir. Undan oldin 1997 yilda Cho Du Xvan va Ro De U, 2021 yilda Pak Kin Xe afv etilgan edi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025