Jamiyat | 13:22 / 28.12.2022
23227
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoga keliboq dard bilan yuzlashgan qizaloq

Kasallik shunday narsa ekanki, bu go‘dak, bu boy, bu kambag‘al, buning yosh bolalari bor, deb odam tanlab o‘tirmas ekan. Xadichabonu dunyoga kelgandayoq butun badani, hatto ko‘zlari ham sarg‘ish tusda edi. Ma’lum bo‘ldiki, bu og‘ir dard asorati ekan...

Odatda chaqaloqning tanasidagi sariqlik yo‘qolib borishi kerak, lekin qizaloqning rangi borgan sari sarg‘ayib ketaverdi. Shifokorlarning tavsiyasi bilan buvisi va onasi uni Hindistonga tekshiruv uchun olib ketishdi.

“Kundan kunga ahvoli og‘irlashib boravergach, qarindosh-urug‘dan qarz havola qilib nabiramni Hindistonga olib keldik. Doktorlar tekshirishdi. Analiz natijalariga ko‘ra, jigariga keladigan qon tomiri qurib qolgan ekan.

Shuning uchun bolam bechora sarg‘ayib ketgan ekan. Doktorlar tezda jigar ko‘chirib o‘tkazmasak bo‘lmaydi, deyishyapti. Endi ilojsizlikdan nima qilishni bilmay o‘tiribmiz”, deydi buvisi ko‘z yoshlarini tiyolmay.

Qarz-havola qilib o‘zga yurtga shifo izlab borgan yurtdoshlarimiz o‘n kundan buyon nima qilishni bilmay halak. Uyini sotay desa, uch xonali uyda uch oila yashaydi. Qishda, sovuq havoda shuncha odam kimnikiga, qachongacha sig‘adi?

“Sergelida uch xonali uyda o‘n kishi turamiz. Ikki kelin, nabiralarim bor. Uyimizni sotaylik desak, shuncha odam ko‘chada qoladi. Boshqa sotishga arzigulik narsamiz ham yo‘q. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin, ekan. Hech kimni farzandiga termilgulik qilmasin”, deydi onaxon o‘kinch bilan.

O‘zga yurtdan turib, yurtdoshlariga yuzlangan ushbu oila yaxshilar ko‘magidan umidvor. Bir norasida go‘dakning dardiga shifo topishi uchun o‘z yordamingizni ayamang!

Xadichabonu Habibullayevaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0609 7560 3086 onasi Dilafro‘z To‘xtamatova nomida

Viza: 4231 2000 0937 1138 qarindoshi Muazzam Mirzatillayeva nomida

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli 2, 15 uy, 42 xonadon.

Mavzuga oid