Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ota-onalarning o‘qituvchiga munosabati o‘zgarishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev
“Muallimlar soni bo‘yicha endi masalamiz qolmadi, endi e’tibor sifatga” – deya ta’kidladi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Biz ota-onalar bilan yetarlicha ishlay olmayapmiz. Toki ularning maktabga, ustozga munosabati o‘zgarsin. Men Janubiy Koreya islohotlarini ko‘p o‘rganaman. Ular 50-60 yil oldin juda qiyin vaziyatdagi kambag‘al davlat bo‘lgan.
Oltini yo‘q, misi yo‘q, nefti yo‘q kichkinagina davlat bugun iqtisodi bo‘yicha o‘ntalikka kirgan. Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha esa mutlaq yetakchi. Ular ham qiyin davrlarni o‘tkazishgan. Qaysiki o‘quvchi maktabga bormasa, eshigini taqillatib “Sen jamiyatga qarshi ish qilyapsan” deya tushuntirishgan. Biz afsuski ana shunday ishlay olmayapmiz.
Biz ham mahalla bilan hamkorlikda ana shunday ishlashimiz zarur. Farzand ta’limi ota-onaga kerak bo‘lmasa, biz qanday yordam berishimiz mumkin? Ota-onaga daromad kerakdir, lekin farzand ta’limi, tarbiyasi birinchi navbatda bo‘lishi shart” – dedi prezident tadbir ishtirokchilariga qarata.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025