Jahon | 07:45 / 30.12.2022
10848
4 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi FQX mayori Rossiyaga topshirilganini rad etdi

Qozog‘istondan siyosiy boshpana so‘ragan rossiyalik mayor Mixail Jilinning rafiqasi uning deportatsiya qilinishidan qo‘rqmoqda.

Rossiyalik mayor Mixail Jilin / Foto: Fokus

Qozog‘istondan siyosiy boshpana so‘ragan Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati (FQX) mayori Mixail Jilinning rafiqasi 29 dekabr, payshanba kuni DW nashriga bergan intervyusida eri unga qo‘ng‘iroq qilib, deportatsiya qilingani haqida xabar berganini aytdi.

Qisqa suhbat chog‘ida u Abay viloyatining ma’muriy markazi Semey shahrida ekanligini va uni Borodulixa tumaniga olib ketishayotganini aytdi. «Qozog‘iston tomonida «Auil» nazorat-o‘tkazish punkti, Rossiya tomonida Veseloyarsk bor. Men u allaqachon topshirilganidan juda qo‘rqaman», - deb o‘z xavotirlari bilan o‘rtoqlashdi Yekaterina Jilina DW'ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishidan juda hayratda, chunki Yangi yil bayramlaridan keyin ularning oilasiga qochqin maqomini berishni rad etish bo‘yicha murojaat hali ko‘rib chiqilishi kerak edi.

"Men Qozog‘iston xalqaro inson huquqlari byurosi advokatlariga ham qo‘ng‘iroq qildim. Ular menga TIV bilan bog‘langanliklarini aytishdi. Lekin masalani hal qilishga ulguradimi, bilmayman. Semeydan chegaraga juda oz masofa bor", - dedi Yekaterina Jilina.

Ayni paytda Qozog‘iston xalqaro inson huquqlari byurosi direktori, taniqli huquq himoyachisi Yevgeniy Jovtisning DW nashriga aytishicha, FQX xodimi Jilinning deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng darhol Bosh prokuraturaga murojaat qilgan. «Ular menga Mixail Jilinning Rossiyaga o‘tkazilgani haqidagi ma’lumot soxta ekanligini va Jilin Qochqinlar bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinmaguncha Qozog‘istonda qolishini aytishdi», — dedi Yevgeniy Jovtis.

Yekaterina Jilina Qozog‘istonning «Auil» nazorat-o‘tkazish punkti navbatchisi bilan suhbati vaziyatga oydinlik kiritmaganini ta’kidlab, Bosh prokuratura Qozog‘iston Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro byurosi direktorini aldamaganiga umid qilmoqda.

Mixail Jilin FQXda 18 yil xizmat qildi. Safarbarlik e’lon qilinganidan besh kun o‘tib, u oilasi bilan Rossiyani tark etishga qaror qildi. Uning rafiqasi Yekaterina va farzandlari Qozog‘iston chegarasini qonuniy yo‘l bilan kesib o‘tgan, Mixail esa o‘z davlatlari uni tashqariga chiqarmasliklaridan qo‘rqib, noqonuniy ravishda kesib o‘tishga qaror qilgan.

Er-xotin Ostona yoki Olmaota shahriga borib, qochqinlik maqomini rasmiylashtirish uchun murojaat qilishni rejalashtirgan. Biroq Qozog‘iston chegarachilari Jilinni qo‘lga olishdi. Rossiya ham, Qozog‘iston ham uni davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblagan. Rossiya tomoni dezertirlik ayblovlarini ham ilgari surdi.

30 noyabr kuni Jilinlarga Qozog‘istonda qochqinlik maqomi berilmadi. 2 dekabr kuni sud FQX xodimini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror chiqardi. Shundan so‘ng, er-xotin sudning deportatsiya to‘g‘risidagi qarori ustidan apellyatsiya berdi, shuningdek, qochqin maqomini berishni rad etish ustidan shikoyat tartibini boshladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid