Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan anjuman tashkil etiladi
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonacida Qohira universiteti Sharq tillari markazi olimasi, tarix fanlari doktori Vafo Mahmud xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Misrda O‘zbekiston tarixi va zamonaviy rivojlanishiga oid ma’lumotlarni keng targ‘ib qilish, tadqiqotlar o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Vafo Mahmud o‘zining ilmiy tadqiqot ishi sifatida Sharq mamlakatlari orasidan aynan O‘zbekistonni tanlab olganini aytdi. Uning ma’lum qilishicha, mamlakatimizning boy merosi va qadimiy tarixi haqida «O‘zbekiston tarixi va sivilizatsiyasi. Qadimgi davrdan hozirgi kungacha» nomli kitobi nashr etilgan. Unda O‘zbekiston tarixi, uning mintaqada tutgan o‘rni va hozirgi rivojlanish jarayonlari qamrab olingan.
Uchrashuvda O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, o‘zaro tadqiqotchi va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yishdan ikki tomon ham manfaatdor bo‘lishi qayd etildi.
Bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida 2023 yilda Qohira universitetida O‘zbekiston tarixi va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025