Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Makiyivkada yana 26 askar halok bo‘lganini tan oldi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ukraina tomonining Donetsk viloyatidagi Makiyivkaga raketa hujumi natijasida yana 26 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tan oldi.
«Temir-beton konstruksiyalar vayronalarini tozalab chiqish chog‘ida halok bo‘lgan safdoshlarimiz soni 89 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida polk komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Bachurin ham bor», - deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.
Avvalroq Mudofaa vazirligi 63 nafar harbiy halok bo‘lganini tasdiqlagan edi. Shu bilan birga, Ukraina tomoni 400 ga yaqin kishi halok bo‘lgani va 300 ga yaqin kishi yaralanganini da’vo qilgan.
«Vaqtinchalik joylashtirish punktiga (Makiyivka aholi punkti yaqinida) kuchli portlovchi kallakli to‘rtta raketa bilan zarba berilgani natijasida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlariga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi», - deyilgan Rossiya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025