Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi manzil-koloniyadan 2 mahkum qochib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida joylashgan manzil-koloniyadan 2 mahkumning qochib ketgani bilan bog‘liq xabar tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabariga ko‘ra, 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum A.K. sog‘lig‘i sababli Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasining “Terapiya” bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan.
Qayd etilishicha, 4 yanvar kuni u soat 22:30 larda tibbiyot birlashmasidan ruxsatsiz, noma’lum tomonga ketib qolganligi aniqlangan.
Xuddi shu kuni soat 23.15 larda muassasada o‘tkazilgan ko‘rik vaqtida mahkum M.N.ning ham koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ushbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolgani uchun qidirish ishlari olib borilmoqda.
Qidiruv-surishtiruv ishlari yakuni yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025