Jahon | 20:05 / 05.01.2023
11398
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Shiveluch vulqoni uyg‘ondi 

Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 5 yanvar kuni Shivelus vulqoni uyg‘ondi. 

Foto: eastrussia.ru

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, vulqondan otilib chiqayotgan kul ustuni dengiz sathidan 7,5 km masofaga ko‘tarilgan. 

«Kul ustuni janubi-g‘arbiy yo‘nalishda tarqalmoqda. Uning yo‘lida aholi yashash punktlari yo‘q. Ust-Kamchatskiy tumani aholi punktlarida kul yog‘ilishi qayd etilmagan. Vulqon hududida sayyohlik guruhlari yo‘q», deyiladi xabarda. 

Vulqonga yaqin hududlarda aviatsiya xavfsizligi bilan bog‘liq jigarrang rejim e’lon qilingan. 

Shiveluch — Kamchatkadagi eng shimoliy faol vulqon bo‘lib, Ust-Kamchatskiy tumanidagi Klyuchi qishlog‘idan 45 km uzoqlikda joylashgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yashaydi. 

Bu Kamchatkadagi eng katta vulqonlardan biri. Shiveluch 2009 yil may oyida faollashgan edi. Vulqonning so‘nggi marta otilishi 2017 yilda kuzatildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid